Asosiy qismga o'tish
Xususiy klinikalar uchun bulutli tizim

Klinikangizning barcha jarayoni — bitta tizimda

Registratura, qabul, kassa, laboratoriya va diagnostika bir joyda. Klinikangizga kelgan har bir bemorning ma'lumotlari avtomatik ravishda QR-kodli elektron tibbiy karta (PDF) ko'rinishida saqlanadi.

  • Har bir klinika uchun alohida baza
  • QR-kod bilan tasdiqlanadigan natijalar
  • O'zbek tilida, mahalliy to'lovlar bilan

Mijozmisiz? Klinikangiz tizimiga kiring →

klinikangiz.med-pro.uz

Bugungi holat

Namuna ko'rinish

Registratura

Qabullar

48

Tahlillar

31

Navbatda

6

K

Karimova D.

Kardiolog

Qabulda
R

Rahimov A.

UZI

To'langan
T

Tosheva M.

Laboratoriya

Natija tayyor

Maqsadimiz

Shifokor davolasin, tizim qolganini bajarsin

MedPro'ni klinikalarda vaqt qog'ozbozlik va qayta yozishga emas, bemorga sarflanishi uchun yaratyapmiz.

Qog'ozsiz klinika

Jurnallar, jildlar va Excel jadvallar o'rniga — bitta tizim. Ma'lumot bir marta kiritiladi va hamma joyda ishlatiladi.

Bemorga hurmat

Kamroq navbat, kamroq qog'oz. Bemor natijasini va tibbiy kartasini QR-kod yoki Telegram orqali oladi.

Rahbarga shaffoflik

Tushum, xizmatlar, shifokorlar yuklamasi va ombor — real vaqtda, taxminsiz.

  • Bemor tarixi bir marta kiritiladi va doim yoningizda
  • Har bir natija elektron kartada, QR bilan
  • Qabul yaratilishi bilan chek tayyor
  • Tushum va statistika real vaqtda
  • Har bir amal jurnalga yoziladi

Imkoniyatlar

Klinikaga kerak bo'lgan hamma narsa

Alohida dasturlar, Excel jadvallar va qog'oz daftarlar o'rniga — bir-biriga ulangan modullar.

Registratura va bemorlar bazasi

Pasport bo'yicha qidiruv, bemor kartasi, allergiya va surunkali kasalliklar, tashriflar tarixi.

Shifokor qabuli

Shikoyat, anamnez, tashxis, retsept va yo'llanmalar. Har bir shifokorning shaxsiy kabineti.

Elektron navbat va TV ekran

Kutish zali uchun ekran, ovozli chaqiruv va shifokor tomonidan "keyingi bemor" boshqaruvi.

Laboratoriya

Tahlillar katalogi, namuna turlari, natijalarni kiritish, me'yordan chetlanish belgisi va QR bilan tekshirish.

Diagnostika: UZI, Rentgen, MRT, KT

Yo'llanmadan xulosagacha: oldindan to'lov nazorati, rasmlar, xulosa va bemor uchun QR havola.

Tibbiy ko'rik (profosmotr)

Tashkilotlar xodimlari uchun ko'rik: har bir mutaxassis xulosasi va profpatologning yakuniy qarori.

Kassa va to'lovlar

Naqd, terminal, Payme va Click. Qabul yaratilganda chek avtomatik tayyorlanadi.

Qarzlar, hisob-fakturalar, xarajatlar

Bemor qarzdorligi, hisob-fakturalar, sug'urta kompaniyalari va klinika xarajatlari.

Statistika va KPI

Kunlik va oylik tushum, eng ko'p xizmatlar, shifokorlar ulushi va kassirlar hisobotlari.

Ombor

Dori va sarf materiallari, kirim-chiqim, qoldiqlar, bo'limlardan so'rovnomalar va xaridlar.

Xodimlar (HR)

Xodimlar ro'yxati, ish jadvali, davomat, oylik va samaradorlik ko'rsatkichlari.

Telegram bot

Bemor telefon raqamini ulab, o'z elektron tibbiy kartasini Telegram orqali oladi.

Asosiy imkoniyat

Har bir bemor — bitta elektron tibbiy karta

Klinikangizga kelgan yoki tahlil topshirgan har bir bemorning barcha ma'lumotlari bitta PDF kartada jamlanadi. Qog'oz jildlar, yo'qolgan natijalar va qayta yozishlar yo'q.

O'zi yangilanadi

Qabul, tashxis, retsept, tahlil, diagnostika yoki ko'rik qo'shilishi bilan karta avtomatik qayta tayyorlanadi.

QR-kod bilan tasdiqlanadi

Kartadagi QR-kodni skaner qilib, hujjat haqiqatan shu klinikada berilganini tekshirish mumkin.

Bemorga qulay yetkaziladi

PDF yuklab olish, chop etish yoki bemorning o'zi Telegram bot orqali kartasini olishi mumkin.

Har bir ochilish qayd etiladi

Kartani kim va qachon ko'rgani yoki chop etgani kirishlar jurnalida saqlanadi.

Klinika nomi

Ambulator tibbiy karta

025-shakl · elektron nusxa

Tekshirish

F.I.Sh.
Namuna Bemor
Tug'ilgan sana
12.03.1988
Qon guruhi
II (A) Rh+
Allergiya
Yo'q

Qabullar tarixi

KardiologTashxis va tavsiyalarRetsept: 2 ta dori
NevrologShikoyat, anamnez, xulosaQayta qabul
TerapevtKo'rik natijasiYo’llanma: laboratoriya
Hujjat haqiqiy — QR orqali tekshirildiMedPro tizimida yaratilgan

Namuna ko'rinish. Bo'limlarni bosib ko'ring — haqiqiy karta klinikangiz ma'lumotlari bilan to'ladi.

Qanday ishlaydi

Bemor yo'li — eshikdan elektron kartagacha

Har bir bosqich keyingisiga ma'lumotni avtomatik uzatadi. Hech narsa qayta yozilmaydi va yo'qolmaydi.

  1. Ro'yxatga olish
  2. To'lov
  3. Elektron navbat
  4. Qabul
  5. Tekshiruvlar
  6. PDF karta

1-bosqich / 6

Registratura

Registrator bemorni pasport va telefon bo'yicha topadi yoki yangi karta ochadi, shifokor va xizmatni tanlaydi.

  • Pasport bo'yicha tezkor qidiruv
  • Takroriy bemor — tarixi bilan birga
  • Xizmat narxi avtomatik

Har bir xodim uchun

Har kim faqat o'ziga kerakli oynani ko'radi

Tizimda 20 dan ortiq rol bor: direktordan sanitarkagacha. Har bir xodim faqat o'z ishiga tegishli bo'limlarni ko'radi.

Direktor

Klinikani raqamlar orqali boshqaring

  • Kunlik va oylik tushum, xarajatlar
  • Shifokorlar va xizmatlar bo'yicha statistika
  • Ombor va xodimlar holati
  • Har bir amal kim tomonidan bajarilgani

Xavfsizlik va maxfiylik

Tibbiy ma'lumot — eng nozik ma'lumot

Bemor ma'lumotlari shaxsga doir ma'lumotlarning maxsus toifasiga kiradi. Tizim shu talabni hisobga olib qurilgan.

Har bir klinika — alohida baza

Klinikalar ma'lumotlari ma'lumotlar bazasining alohida sxemalarida saqlanadi va bir-biriga aralashmaydi.

Rolga asoslangan kirish

Har bir xodim faqat vazifasiga tegishli bo’limlarni ko’radi. Akkauntlarni faqat klinika administratori ochadi.

Kirishlar jurnali

Bemor kartasi, natijalar va PDF hujjatlarni kim va qachon ko'rgani yoki chop etgani qayd etiladi.

Yopiq fayl ombori

PDF kartalar va diagnostika rasmlari yopiq omborda saqlanadi, faqat vaqtinchalik havola orqali ochiladi.

Soxtalashtirishdan himoya

Karta va natijalardagi QR-kod hujjat haqiqatan klinikada berilganini tekshirish imkonini beradi.

Shifrlangan ulanish

Tizimga faqat HTTPS orqali ulaniladi. Parollar ochiq holda saqlanmaydi.

Narxlar

Klinikangiz hajmiga mos tarif

Oylik obuna. O'rnatish uchun server yoki qo'shimcha uskuna kerak emas — brauzer va internet yetarli.

Savollar

Ko'p so'raladigan savollar

Kompyuter, brauzer va internet. Server yoki dastur o'rnatish shart emas. Klinikangiz uchun alohida manzil (masalan, klinika.med-pro.uz) va administrator akkaunti yaratiladi, qolgan xodimlarni administrator o'zi qo'shadi.

Demo

MedPro'ni klinikangiz misolida ko'ring

Ariza qoldiring — tizimni jonli ko'rsatib, savollaringizga javob beramiz.

  1. 1Arizangizni ko’rib chiqib, siz bilan bog’lanamiz
  2. 2Tizimni klinikangiz jarayonlari misolida jonli ko'rsatamiz
  3. 3Klinikangiz uchun alohida manzil va administrator akkaunti yaratiladi
  4. 4Xodimlarni qo'shasiz va ishni boshlaysiz

Yoki bevosita yozing: info@med-pro.uz

Klinikangizni raqamlashtirishga tayyormisiz?

Ariza qoldiring — MedPro klinikangiz uchun qanday ishlashini ko'rsatamiz.